Ulug'bek Holmurodov

Asoschi, Meʼmor

Anastasiya Dyo

Me'mor

Mumtoz Kosimova

Me'mor

Хojiakbar Latipov

Me'mor

Holmuradov Architects byuroga Ulug‘bek Xolmuradov tomonidan asos solingan. Bugungi kunda bizning kompaniya bozorda o‘zining geometrik dizayni, ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar va reklama kampaniyalari bilan tanilgan.

Biz arxitektura, inter'er va mebellarni loyihalash ustida ishlaymiz. Doimo nostandart va zamonaviy dizayn bizning tashrif qog‘ozimizga aylangan.

O‘zbekiston Respublikasida san'at va hunarmandchilikning rivoji uchun harakat qilib, autentik dizayn yaratishga intilamiz. Biz milliy shakl va bezaklardan ko‘r-ko‘rona va o‘ylamasdan nusxa ko‘chirmaymiz.

Sharq bezaklarining davomi bo‘lmish geometriyani biz modernistik estetikaga aylantirdik va u ko‘pgina loyihalarimizda bilinar-bilinmas namoyon bo‘ladi. Oddiy shakllar va yuklanishning yo‘qligi bizning asosiy jihatimizdir. Biz doimo shakl, rang va konsepsiya bilan tajriba o‘tkazib, buyurtmachiga uning uyini yagona nusxada qilishga yordam beramiz.

Biz yosh, nostandart me'morlar, dizaynerlarning ko‘rgazmasini tashkil etib, me'morlar hamjamiyati hayotida faol ishtirok etadi. Biz yangilikka intilib, mamlakatimizda nostandart dizaynni rivojlantirishga harakat qilamiz.

Ulugbek Xolmurodov, me'mor

Bizning
mijozlarimiz

34

Amalga oshirilgan
loyihalar

51

Ish
tajribasi

15yil